
Boks bo‘yicha nufuzli «Stranja» turniri final bosqichiga yetib keldi. Yarim final janglarida g‘alaba qozongan oltita o‘zbekistonlik bokschi bugun oltin medal uchun ringga chiqadi, deya xabar bermoqda MOQ.
Unga ko‘ra, Behruz Xoldorov (48 kg), Shahzod Muzaffarov (54 kg), Xo‘janazar Nortojiyev (57 kg), Fazliddin Erkinboyev (80 kg), To‘rabek Habibullayev (92 kg) va Jahongir Zokirov (+92 kg) finalga yo‘l oldilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Diyora Keldiyorova dzyudo sport klubi ochilgan edi.