Yangiliklar

Tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor aprelgacha uzaytirildi

Davlat rahbarining topshirig‘iga binoan
Foto: Pexels.com

Tabiiy gaz uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy me’yorning amal qilish muddati 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Avvalroq, 1-martdan boshlab tabiiy gazning bazaviy me’yori 500 kubometrdan 100 kubometrga tushirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq mart oyida havo haroratining keskin pasayishi kutilayotgani sababli, aholiga qulaylik yaratish maqsadida bu imtiyoz muddati 1-aprelgacha uzaytirildi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, noyabrdan fevralgacha gaz iste’molining ijtimoiy me’yori 500 kubometr, martdan oktabrgacha esa 100 kubometr etib belgilangan. 2025-yil 1-apreldan boshlab esa tabiiy gaz uchun imtiyozli tarif 1000 so‘mga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bekobodda 11,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘riligi fosh etilgan edi.