Yangiliklar

1-sentabrgacha majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydigan pedagoglar toifasi ma’lum bo‘ldi

Adliya vazirligi xabar qildi
Qaysi toifadagi pedagoglar attestatsiyaga jalb etilmaydi
Foto: Imtihon.uz

28-fevral kuni pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimiga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yilning 1-sentabrigacha quyidagi toifaga kiruvchi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi va amaldagi malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanadi:

– oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan va ushbu toifani 15 yil davomida saqlagan hamda uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganlar;

– pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lganlar;

– yoshga doir pensiyaga chiqishiga 5 yildan kam vaqt qolgan pedagoglar;

– pensiya yoshiga yetgan va faoliyatini davom ettirayotganlar.

Shuningdek, 25 yil va undan ortiq pedagogik stajga ega bo‘lgan, pensiyaga chiqishiga 5 yildan kam vaqt qolgan hamda 15 yil davomida oliy malaka toifasini saqlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sertifikatga ega oʻzbek tili oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanishi haqida yozgandi.