
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda kriptovalyuta rezervi tashkil etilishi va unga XRP, SOL va ADA kabi kriptovalyutalar kirtilishini e’lon qildi. Bu haqda Crypto Briefing ma’lum qildi.

Ushbu xabar ortidan kriptovalyuta bozori keskin o‘sishni boshladi. Cardano ham katta o‘sishga erishdi. Bitcoin esa qisqa fursatda $92,7 minggacha (Toshkent vaqti bilan soat 08:49 holatiga) ko‘tarildi.
Tramp AQShni dunyoning kriptovalyuta markaziga aylantirishga harakat qilishini ta’kidlab, kriptosammit oldidan mazkur tashabbusni ilgari surdi. Bu yangilik bozorda katta qiziqish uyg‘otdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy va Tramp o‘rtasidagi tortishuvga dunyo qanday munosabatda bo‘lgani haqida yozgan edik.