AQShdan O‘zbekistonga yana 10 nafar fuqaro qaytmoqda
eʼlon qilindi

Kosta-Rikaga deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, o‘z vataniga qaytishni istagan yana 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mazkur hafta davomida mamlakatga yetib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov ma’lum qildi.
AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Vatanga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar o‘zbeklar 24-fevral kuni Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib kelgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShdan Kosta-Rikaga deportatsiya xavfi ostidagi o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilgani haqida xabar bergan edi.