BMW 3-Series’ning uzaytirilgan versiyasi taqdim etildi
eʼlon qilindi
Narxi $71,5 mingdan boshlanadi

BMW Hindiston bozori uchun uzaytirilgan g‘ildirak bazasiga ega 3-Series modelini taqdim etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 330Li M Sport nomli yangi model 4819 mm uzunlikka va 2961 mm g‘ildirak bazasiga ega bo‘lib, bu uni o‘z sinfidagi eng uzun avtomobilga aylantiradi.

Ichki qismda egri displey, M Sport charm rul, panoramik lyuk va atmosfera yoritish tizimi mavjud. Mashina 258 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 6,2 soniyada chiqadi. Boshlang‘ich narx – $71,5 ming.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen Tera krossoveri taqdim etilgan edi.