O‘zbekistonda donorlarga beriladigan pul mukofoti uch baravar oshirildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi
donor ayol
Donorlarga beriladigan pul mukofoti oshirildi. Foto: pressmaster / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda donorlarga beriladigan pul mukofoti uch baravar oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilandi.

Endilikda faxriy donorlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofotiga ega bo‘ladilar. Ilgari ushbu miqdor BHMning 5 baravarini tashkil etgan.

Shuningdek, faxriy donorlar shahar yo‘lovchilar transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar bundan mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay vaqtda yillik mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tibbiyot muassasalarini jihozlashda autsorsing va xususiy sheriklik loyihalari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek