«Humo» xokkey klubi yarim finalga yoʻl oldi
eʼlon qilindi
Darvozaga berilgan zarbalar 35:17 tani tashkil etdi

2-mart kuni Humo Arenada Pro Xokkey ligasi pley-off chorak final bahslari boʻlib oʻtdi. Unda “Humo» xokkey jamoasi «Gornyak Rudniy» ustidan 5:1 hisobda gʻalaba qozondi.
Oʻyin statistikasi bilan tanishadigan boʻlsak, darvozaga berilgan zarbalar 35:17, toʻpni ushlab turish 27:25, bloklangan zarbalar 7:19 nisbatni tashkil etdi. Uchrashuvni jonli kuzatish uchun Humo arenaga 3510 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Keyingi yarim final bahslari Ust-Kamenogorskning «Torpedo» jamoasi bilan oʻtadi. Dastlabki ikki oʻyin 14 va 16-mart kunlari raqib maydonida, javob uchrashuvi 20 va 22-mart kunlari Toshkentda oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Humo» Qozogʻistonning «Gornyak» klubiga magʻlub bo‘lgani haqida yozgan edi.