Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabuli boshlandi

eʼlon qilindi
Ariza topshiruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida butun respublika hududida mulk huquqi bilan uy-joy bo‘lmasligi lozim
Foto: Qayli.com

Bugun soat 09:00 dan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bergan edi.

Unga ko‘ra, fuqarolar arizani davlat xizmatlari markazlariga bevosita borib yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin. Subsidiya olish uchun ariza beruvchining va uning yaqin qarindoshlarining o‘rtacha daromadi Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda 3 mln so‘mdan 9 mln so‘mgacha, Toshkent shahrida esa 3 mln so‘mdan 10,6 mln so‘mgacha bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ariza topshiruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida butun respublika hududida mulk huquqi bilan uy-joy bo‘lmasligi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil uchun uy-joy subsidiyalari 1,5 baravarga oshirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek