Janubiy Koreyadagi oʻzbekistonliklar soni qariyb 100 ming kishiga yetdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra
Число узбекистанцев в Южной Корее
O‘zbekiston va Janubiy Koreya. Foto: Unsplash

2024-yilda Janubiy Koreyada 94,8 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari istiqomat qilgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda mamlakatda jami 2,6 milliondan ortiq xorijlik istiqomat qilgan boʻlib, ulardan 2,42 million nafari uzoq muddatli, 608,7 ming nafari esa qisqa muddatli asosda boʻlgan.

Chet elliklarning eng katta qismini Xitoy fuqarolari tashkil etib, ularning soni 988,9 ming kishiga yetgan. Keyingi oʻrinlarda Vyetnam (305,9 ming) va Tailand (188,7 ming) fuqarolari joy olgan. Toʻrtinchi oʻrinda AQSh (170 ming), beshinchi oʻrinda esa Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilgan.

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan xorijliklarning aksariyatini 20 – 30 yosh orasidagi shaxslar tashkil etib, ularning ulushi 49,7 foizni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil oxirida Janubiy Koreyada 87,6 mingdan ortiq oʻzbekistonlik yashagan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Janubiy Koreya aviaqatnovlar sonini oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek