Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
31-mart taxminiy dam olish kuni bo‘lishi mumkin
Foto: Umnazia.ru

O‘zbekistonda mart oyining 8, 10, 21 va 31-mart kunlari dam olish kunlari hisoblanadi. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, dam olish kuni 10-mart, dushanba kuniga ko‘chirildi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, agar dam olish kuni rasmiy bayram sanasiga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga suriladi. Shu bois o‘zbekistonliklar uch kun ketma-ket dam oladi, ya’ni 8-mart shanba – bayram kuni, 9-mart yakshanba – dam olish kuni, 10-mart dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni.

21-mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kuni beriladi. 31-mart ham taxminiy Ramazon hayiti bayramiga to‘g‘ri kelmoqda.

Besh kunlik ish haftasida ishlovchilar bu oyda jami 13 kun dam oladi. Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar esa jami 8-9  kun dam olishadi. 

Ma’lumot uchun, olti kunliklar uchun faqat 8-mart (shanba) dam olish kuni bo‘ladi, 10-mart (dushanba) ish kuni hisoblanadi.

Bandlik vazirligi tomonidan 2025-yil uchun ishlab chiqarishdagi ish vaqti taqvimiga ko‘ra, mart oyida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonliklar 8-mart munosabati bilan necha kun dam olishi haqida yozgandi.

Shuningdek