Oʻzbek qizi haqidagi film «Oskar» mukofotining beshta haykalchasi bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Los-Anjelesda 97-Oskar mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Foto: Kursiv ekran tasviri

Asli kelib chiqishi oʻzbek millatiga tegishli Anora qahramoni atrofidagi voqealar tasvirlangan film «Oskar – 2025» mukofotining birdaniga beshta nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.

Film mukofoti sovrindorlari roʻyxati bilan tanishing:

«Eng yaxshi film» – «Anora»

«Eng yaxshi rejissyor» – Shon Beyker, «Anora»

«Eng yaxshi erkak roli» – Adrien Brody, «Brutalist»

«Eng yaxshi ayol roli» – Mayki Medison, «Anora»

«Eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli» – Kiran Kalken, «Haqiqiy ogʻriq»

«Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa» – Zoe Saldana, «Emiliya Peres»

«Eng yaxshi original ssenariy» – Shon Baker, «Anora»

«Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy» – Piter Straughan, «Konklav»

«Chet tilidagi eng yaxshi film» – «Men hali ham shu yerdaman»

«Eng yaxshi montaj» – «Anora»

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Oskar – 2025» nomzodlari haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek