
Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning Maltadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Fayzullayev, shuningdek, 2023-yildan buyon Oʻzbekistonning Italiyadagi diplomatik missiyasini boshqarib kelmoqda. U Oʻzbekiston Respublikasining Kiprdagi elchisi etib tayinlangan.
Elchi Malta prezidenti Miriam Spiteriga ishonch yorliqlarini topshirdi. Fayzullayev bilan uchrashuvda Malta rahbari Valetta va Toshkent oʻrtasidagi munosabatlar faollashganini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Malta oʻrtasida 1993-yil fevral oyida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Tomonlar Moskvada tegishli hujjatni imzolagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga Ufuk Ulutash rahbarlik qilgani haqida yozgan edi.