Oʻtgan haftada «Ipak yoʻli bank» aksiyalari 25 foizga oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mazkur haftada UCI fond indeksi 0,17 foizga oshdi
Oʻtgan haftada «Ipak yoʻli bank» aksiyalari 25 foizga oshdi. Foto: gopixa

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 21-fevraldan 28-fevralgacha boʻlgan davrda pasayishni koʻrsatdi.

Unga koʻra, mazkur haftada UCI fond indeksi 0,17 foizga oshdi. Eng katta oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Aloqabank» (+5,26 %), «Ipak yoʻli bank» (+24,99 %) va «Uzbekinvest» (+3,48 %) joy oldi.

Aksiyalari haftani salbiy natija bilan yakunlagan kompaniyalar orasida esa «Universal bank» (-11,09%), «Dori-Darmon» (-9,21%) va «OKMK» (-4,70%) yetakchilik qildi.

Bitimlar soni boʻyicha «Ipoteka-bank» (3,7 mingta), «OʻzRTXB» (558 ta) va «Ipak yoʻli bank» (517 ta) peshqadam boʻldi. Hajm boʻyicha esa «Elektrqishloqqurilish» (327 mln soʻm), «OʻzRTXB» (266 mln soʻm) va «Oʻzmetkombinat» (51 mln soʻm) yuqori uchlikni egalladi.

22 ta yuqori likvidli aksiyadan 7 tasi haftani ijobiy, qolgan 15 tasi esa salbiy natija bilan yakunladi. Shu davrda fond birjasidagi umumiy savdo hajmi avvalgi haftaga nisbatan 42 foizga oshib, 702,3 milliard soʻmga yetdi. Birja savdolari soni esa 20 foizga kamayib, 9,3 mingtani tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Aloqabank» va «Qizilqumsement» aksiyalari haftalik oʻsishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek