Yangiliklar

O‘zbekiston va O‘mon turizmni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Yangi turpaketlar ishlab chiqiladi
Foto: Pexels.com

Masqat shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – O‘mon tadbirkor ayollari biznes forumi doirasida «Felix Tour» sayyohlik kompaniyasi asoschisi Ozoda Muhidova va «Bahwan Travel Agencies» LLC kompaniyasi bosh menejeri Biju Entoni o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deya yozmoqda «Dunyo» AA.

Unga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘mon vakiliga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, xususan, ziyorat turizmi imkoniyatlari, xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar va yangi turistik loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Biju Entoni O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari bilan yaxshi tanishligini ta’kidlab, hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Muzokaralar yakunida ikki kompaniya o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yangi turpaketlarni ishlab chiqish va O‘zbekistonning ziyorat turizmini O‘mon bozorida faol targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandda chet elliklar uchun turistik soliq joriy etilishi haqida yozgan edik.