O‘zbekistonda fevral oyida so‘m kursi mustahkamlandi
eʼlon qilindi
Fevral oyida so‘m 0,65 foizga mustahkamlandi

Fevral oyi davomida o‘zbek so‘mi Amerika valyutasiga nisbatan biroz mustahkamlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) ma’lumotlarni taqdim qildi.
Yanvar oyi oxirida Amerika valyutasining o‘rtacha kursi 12 975,05 so‘mni tashkil qilgan edi. Fevral oyi oxiriga kelib dollar kursi esa 12 890,07 so‘mga pasaydi.
Dollar kursining ushbu davrdagi maksimal qiymati 13-fevralda (13 003,95), minimal qiymati esa 27-fevralda (12 877,37) qayd etilgan. Umuman olganda, bir oy davomida milliy valyuta kursi 0,65 foizga mustahkamlangan.
Valyuta birjasida dollar kursining o‘zgarishi

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.