Ramazon dunyo bo‘ylab qanday nishonlanmoqda – foto

1. Musulmon ayollar Indoneziyaning Jakarta shahridagi Istiqlol masjidida ilk Tarovih namozini ado etishmoqda.

2. Iroqning Bag‘dod shahridagi Abu Hanifa masjidida tungi namozda ishtirok etayotgan kishi.

3. Indoneziyaning Jakarta shahrida odamlar Ramazon oyidan oldin mahalliy an’anaga ko‘ra yaqinlarining qabrini ziyorat qilib, duo qilishmoqda.

4. Indoneziyaning Banda Achi shahridagi Baiturrahmon katta masjidida ilk Tarovih namozini ado etayotgan qizaloq.

5. Saudiya Arabistonining Hautat Sudayr shahrida erkaklar Ramazonning boshlanishini bildiruvchi ilk yarim oyni kuzatishmoqda.

6. Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasida joylashgan Qubbatus Saxro masjidi yaqinidagi eshik bayram chiroqlari bilan bezatildi.

7. Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Ramazon boshlanishi munosabati bilan Abdulkarim Satuq Bughro Xon masjidida ibodat qilmoqda.

8. Pokistonning Peshovar shahrida ishchi juma kuni Ramazon oyiga tayyorgarlik sifatida tarixiy Sunehri masjidini tozalamoqda.

9. Indoneziyaning Jakarta shahridagi Istiqlol masjidida ikki ayol Ramazonning ilk Tarovih namozini ado etishdan oldin selfi qilmoqda.

10. G‘azo sektorining Xon Yunis shahrida falastinliklar Isroil hujumlari natijasida jiddiy zarar ko‘rgan binolar orasiga osilgan chiroqlar ostida Ramazonning ilk saharlik taomida ishtirok etishdi.