
3-mart kuni hojatxonaga tushib qolgan chaqaloqni qutqarib olingani aks etgan video tarqaldi. Voqea boʻyicha to‘liq tafsilotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
1-mart Samarqand viloyatining Nurobod tumanida noqulay sharoitda qolgan ayolning koʻzi hojatxonada yoriydi. Ona charchash oqibatida oʻzini yoʻqotgan, yangi tugʻilgan chaqaloq esa hojatxona quvuriga tushib ketgan. Biroz vaqt oʻtib mahalla inspektori va oilaviy punkt xodimlari yetib kelgan. FVV xodimlari voqea joyiga kelgunicha hojatxona yonidan kavlab bola qutqariladi.
Mas’ulning bildirishicha, hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi. Ular Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi tugʻuruq boʻlimida davolanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda mebel ustaxonasi noqonuniy mayning bilan shugʻullangani haqida yozgan edik.