Shell Yevropa va AQShda aktivlarni sotishni koʻrib chiqmoqda

Shell oʻzining kimyoviy biznesining bir qismini Yevropa va Qoʻshma Shtatlarda sotishni rejalashtirmoqda. Bu The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, kompaniya kimyo biznesini strategik baholash uchun allaqachon Morgan Stanley kompaniyasidan maslahatchilarni yollagan. Aktivlarning potentsial xaridorlari orasida xususiy investorlar va Yaqin Sharqdagi neft-kimyo kompaniyalari bor. Biroq Shell aktivlarni sotish boʻyicha hali yakuniy qarorga kelmagan.
Kompaniya endi xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga harakat qilmoqda. U biznesning eng ustuvor yoʻnalishlari – neft va gaz qazib olish, shuningdek, bioyoqilgʻi ishlab chiqarishga e’tiborni kuchaytiradi. Bu esa kimyo sanoati va shamol energetikasiga sarmoyalarni qisqartirishiga sabab boʻlmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shell Qizil dengiz orqali yuk tashishni toʻxtatishini yozgan edi.