Tramp: Putindan ko‘ra migrant to‘dalari xavfliroq

eʼlon qilindi
Avvalroq u noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga va’da bergan edi
Фото: wadiifekar/Depositphotos

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat xavfsizligi haqida fikr bildirib, Rossiya rahbari Vladimir Putindan xavotirlanish o‘rniga Amerikaga oqib kelayotgan zo‘ravon migrantlar va jinoiy guruhlarga qarshi chora ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

«Biz Putindan kamroq xavotirlanib, ko‘proq zo‘ravon migrant to‘dalari, narkobaronlar, qotillar hamda mamlakatimizga kelayotgan ruhiy kasallar haqida qayg‘urishimiz kerak, shunda Yevropaga o‘xshab qolmaymiz!», – deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Tramp o‘z chiqishlarida ko‘p marotaba noqonuniy migratsiyani tanqid qilib, buni Amerika xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida baholab kelgan. U o‘z saylovoldi kampaniyasi davomida ham chegaralarni kuchaytirish va noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga va’da bergan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp AQShga koʻchib kelish uchun «oltin karta» tizimini joriy etishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek