Volkswagen Tera krossoveri taqdim etildi

eʼlon qilindi
Narxi $17 000 atrofida
Foto: Volkswagen

Volkswagen kompaniyasi Braziliyada yangi boshlang‘ich darajadagi krossoveri – Tera’ni taqdim etdi. Bu haqda Motor1 nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, modelning narxi $17 mingdan boshlanib, Fiat Pulse va Nissan Kicks kabi mashinalarga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Volkswagen

Tera Polo bilan o‘lchamlari jihatidan deyarli bir xil bo‘lib, zamonaviy LED chiroqlar, 17 dyuymli sport disklari va Volkswagen ID. seriyasiga xos ichki dizaynga ega. Model VW Play Connect tizimi va simsiz quvvatlash funksiyasi bilan jihozlanadi.

Foto: Volkswagen

Hozircha dvigatel va boshqa texnik xususiyatlar haqida ma’lumot berilmagan.

Foto: Volkswagen

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi SU7 Ultra sotuvning yillik rejasini bir kunda bajargani haqida yozgan edik.

Shuningdek