
Xiaomi SU7 Ultra Pekindagi avtomobil zavodida oʻz egalariga topshirilishni boshladi. Bu haqda kompaniya Weiboʻdagi sahifasida ma’lum qildi.
Modelning boshlangʻich narxi $72,7 mingni tashkil etadi, bu avvalroq e’lon qilingan narxdan 35 foizga arzon. Bir qancha mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, BMW 5 Series, Audi A6 va Mercedes-Benz E-Class avtomobillari haydovchilari SU7 Ultraga qiziqish bildirishgan, biroq ularning narxini juda qimmat deb baholashmoqda. Shuning uchun ham kompaniya mahsulot narxini arzonlashtirdi.
SU7 Ultra dastlab buyurtmalar ochilgandan keyin 10 daqiqa ichida 6,9 mingdan ortiq buyurtmalar olgan va ikki soat ichida yillik sotuvlar hajmi 10 ming donaga yetgan. Xiaomi bosh direktori Ley Jun SU7 Ultra uchun oldindan buyurtmalar 19 ming donaga yetganini, qayd etilgan buyurtmalar soni esa 10 ming donadan oshib, yillik koʻrsatkichni muddatidan oldin bajarganini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 15 Ultra smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.