Yangiyo‘lda $120 millionlik zavod: chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

eʼlon qilindi
Xitoy kompaniyasi bilan memorandum imzolandi
Yangilyo‘lda zavod quriladi
Xitoy kompaniyasi Toshkent viloyatida $120 mlnlik chiqindilarni qayta ishlash zavodi quradi/ Foto: Toshkent viloyati matbuot xizmati

Yangiyo‘l shahrida qiymati $120 million bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati hokimligi hamda Xitoyning Beijing China Sciences Runyu Environmental Technology Co. Ltd kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, kompaniya Yangiyo‘l shahrida zamonaviy chiqindilarni qayta ishlash zavodini barpo etadi.

Xitoy kompaniyasi Toshkent viloyatida $120 mlnlik chiqindilarni qayta ishlash zavodi quradi/ Foto: Toshkent viloyati matbuot xizmati

Korxona kuniga 800 tonna chiqindini yoqish va bir vaqtning oʻzida elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy qayta ishlash texnologiyalari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan. Kelgusida korxonaning quvvati 4 ming tonnaga yetkaziladi. Bu esa qoʻshimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Mazkur loyiha 150 dan ortiq ish oʻrinlari yaratadi va uning umumiy investitsiyalar hajmi $400 mlnga yetishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Samarqandda Xitoy kompaniyasi $15 mlnlik korxona tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek