
Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urugʻchilik va koʻchatchilikni yoʻlga qoʻyish uchun $200 mln sarmoya kiritiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi qishloq xoʻjaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid taqdimotda ma’lum qilindi.

Ushbu markaz paxta, bugʻdoy, sholi, makka, uzum va meva navlari koʻpaytirishga xizmat qiladi. U urugʻ olishdan boshlab, uni zamonaviy texnika va dronlar yordamida ekish, dorilash, yigʻish va qayta ishlash boʻyicha namunaviy vazifalarni bajaradi.
Bundan tashqari, xorij tajribalarni oʻrganish maqsadida Italiyadagi Bolonya, Tushia, Ferrara, Piza oliygohlariga bu yil 200 nafar yoshlarimizni yuborish rejalashtirilgan. Shuningdek, Tushia universitetida yiliga 30 nafar oziq-ovqat texnologini grant asosida oʻqitish, yurtimizda kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish taklifini bildirgan.
Taqdimotda istiqbolli rejalar qoʻllab-quvvatlanib, bunday hamkorlikni Vengriya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi agrosanoat rivojlangan davlatlar bilan ham hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini 81,7 millionga oshirgani haqida yozgan edi.