Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari e’lon qilindi

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan yosh iste’dod egalari nomi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Mukofot sohibalari orasida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli talaba, tadqiqotchi, murabbiy va o‘qituvchilar bor. Ular san’at, sport, fan, ta’lim va texnologiya yo‘nalishlarida o‘z yutuqlari bilan ajralib turadi.
Mukofot egalari orasida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan vakillar bor. Ularning har biri o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishib, yoshlar uchun ibrat bo‘lib kelmoqda:
Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
Ibragimova Shaxzoda Alisher qizi – Badiiy gimnastika murabbiysi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
Sotvoldiyeva Moxinur Xazratullo qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti (Andijon viloyati);
Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi – Andijon davlat pedagogika instituti talabasi (Andijon viloyati);
Ruxillayeva Nilufar Shukrullo qizi – O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi (Buxoro viloyati);
Bahronova Dilshoda Tohirovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi (Buxoro viloyati);
Ortiqova E’zoza Nodir qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti (Jizzax viloyati);
Abdurazoqova Mehribon Jaloliddin qizi – Musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi (Jizzax viloyati);
Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi – Guliston davlat universiteti talabasi (Qashqadaryo viloyati);
Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabasi (Qashqadaryo viloyati);
Yo‘ldosheva Ummatoy To‘lqinovna – «Yangi O‘zbekiston» universiteti magistranti (Navoiy viloyati);
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi (Navoiy viloyati);
Olimjonova Aqidaxon Anvarjon qizi – Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchisi (Namangan viloyati);
To‘ychiyeva Dilafruz Nu’monjon qizi – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi (Namangan viloyati);
Anorova Gulhayo Zokir qizi – «Vatanparvar» mahalla xodimi (Samarqand viloyati);
Xamdamova Afro‘za Akbarovna – 42-maktab o‘quvchisi (Samarqand viloyati);
Abdusalamova Zanjiloy Farxod qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi (Sirdaryo viloyati);
G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi – Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati);
Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi (Surxondaryo viloyati);
Zaripova Rushana Robertovna – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati);
Anvarova Naima Anvar qizi – 7-maktab o‘qituvchisi (Toshkent viloyati);
Uralova Oysha Abduraim qizi – Oilaviy korxona rahbari (Toshkent viloyati);
Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali assistenti (Farg‘ona viloyati);
Saynazarova Layloxon Odiljon qizi – Madaniyat bo‘limi to‘garak rahbari (Farg‘ona viloyati);
Kamalova Shaxzoda Kaxramon qizi – 3-maktab o‘quvchisi (Xorazm viloyati);
Sobirova Layloxon Arslonbek qizi – Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv universiteti magistranti (Xorazm viloyati);
Sodiqova Nasiba Majitovna – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi (Toshkent shahri);
Babeshko Alina Aleksandrovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘qituvchisi (Toshkent shahri).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xotin-qizlarga huquqiy yordam aksiyasi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.