4-mart kuni havo harorati 6-11° iliq bo‘lishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Tuman tushish ehtimoli bor
Foto: Pexels.com

Havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin, deya yozmoqda «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, harorat Toshkent shahrida kechasi 3-5° sovuq, kunduz 5-7° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘lishi kutilmoqda. Ustyurtda esa kechalari harorat 15-20° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi, lekin Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha o‘zgaradi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo biroz bulutli, kechasi ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ayrim hududlarga tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi esa 2-7° sovuq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek