Yangiliklar

64 nafar ayol turli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan
Foto: President.uz

Prezident mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan, jamiyat va oilada ibrat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ular orasida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fidoyi ayollar bor: ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi, san’at va davlat boshqaruvi sohasidagi ilg‘or mutaxassislar «Do‘stlik» ordeni, «Shuhrat» medali, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni kabi yuksak unvonlar bilan mukofotlandi.

To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilgi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari e’lon qilingan edi.