Gadjetlar

Apple yangi iPad Air’ni taqdim etdi

Narxi $600 dan boshlanadi
Foto: Apple

Apple yangi iPad Air planshetlarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ular 11 va 13 dyuymli ekranlarga ega bo‘lib, yangi M3 chipi bilan jihozlangan. Apple’ning ta’kidlashicha, yangi protsessor avvalgi M2 modeli bilan solishtirganda 20% yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.

Yangilangan Magic Keyboard ham e’tiborga loyiq. Unda kattaroq trekpad, ekran yorqinligi va ovozni boshqarish uchun funksional tugmalar mavjud. Klaviatura Smart Connector orqali planshetga ulanadi va Bluetooth talab qilmaydi.

Yangi iPad Air’ni oldindan buyurtma qilish allaqachon boshlangan, ochiq savdo esa 12-martdan start oladi. AQShda 11-dyuymli model $600, 13-dyuymli model esa $800 sotuvga chiqadi. Yangilangan Magic Keyboard esa $270 va $320 etib baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 16e sotuvi sust boshlangani haqida xabar bergan edik.