Beshta yirik korxona eksklyuziv huquqlaridan mahrum qilindi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida
                    
                            
Raqobat qo‘mitasi tomonidan beshta korxonaning bozor va moliya sektorlaridagi eksklyuziv huquqlari bekor qilindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «O‘zbekekspertiza» AJ, «O‘zInjiniring» loyiha instituti, «Milliy PR-markazi» DUK, «Sag agro MTP» MChJ hamda «O‘zbekiston standartlar instituti» davlat muassasasining bozor va moliya sektorlaridagi eksklyuziv huquqlari bekor qilindi.
Natijada 1,2 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari uchun bozorga kirish imkoniyati yaratilib, raqobat muhitining oshishiga zamin hozirlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq eksklyuziv huquq bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi haqida yozgan edik.
