Bitkoin narxi keskin tushib ketdi
eʼlon qilindi
Uznex birjasida bitkoin narxi $85 mingdan pastga tushdi

Uznex birjasida bitkoin narxi $85 mingdan pastga tushdi. Savdo maʼlumotlari ushbu kriptovalyuta narxining keskin pasayishini koʻrsatmoqda.
Platformada 4-mart kuni bitkoin narxi $91,6 ming bilan boshlandi. Dastlab u oʻsishni boshladi va eng yuqori koʻrinishi $93,6 mingni tashkil etdi. Kun davomida uning qiymati $82 mingacha pasaydi.
Toshkent vaqti bilan 17:05 da token narxi $84,6 mingni tashkil etdi va ertalabki narxiga qaraganda 5.,4 foizga pastladi.
Eslatib oʻtamiz, Bitkoin va altkoinlar narxi keskin qulagani haqida yozgan edi.