Yangiliklar

Bitkoin narxi keskin tushib ketdi

Uznex birjasida bitkoin narxi $85 mingdan pastga tushdi
Bitkoin
Bitkoin. Foto: Kanchanara / Unsplash

Uznex birjasida bitkoin narxi $85 mingdan pastga tushdi. Savdo ma’lumotlari ushbu kriptovalyuta narxining keskin pasayishini koʻrsatmoqda.

Platformada 4-mart kuni bitkoin narxi $91,6 ming bilan boshlandi. Dastlab u oʻsishni boshladi va eng yuqori koʻrinishi – $93,6 mingni tashkil etdi. Kun davomida uning qiymati $82 mingacha pasaydi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:05 da token narxi $84,6 mingni tashkil etdi va ertalabki narxiga qaraganda 5,4 foizga pastladi.

Eslatib oʻtamiz, Bitkoin va altkoinlar narxi keskin qulagani haqida yozgan edi.