Sport

Bo‘stonliqqa boradigan ayrim yo‘llarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

4-5-mart kunli
Bo‘stonliqda velosport-shosse o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi
Foto: olympics.com

4-5-mart kunlari o‘tkaziladigan «Velosport-shosse» bo‘yicha sport musobaqalari uchun Bo‘stonliqqa boradigan ayrim yo‘llar yopiladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 4-mart kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha «Bektemir – Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 20 km masofasi, Chirchiq shahriga kirish platina hududidan, «Oqsoqota» MFY gacha, 5-mart kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar Chirchiq shahriga kirish platina hududidan, «G‘alabasoy» MFY gacha avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Shu vaqt oralig‘ida yo‘l harakati ishtirokchilariga aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda taroveh namozi vaqtida ayrim yo‘llarda harakat cheklanishi haqida yozgandi.