Avto

BYD oʻzining antiqa modelini taqdim etdi

U uchuvchisiz uchish apparati bilan jihozlangan
BYD Sealion 07 DM
BYD Sealion 07 DM modeli/ Foto: BYD

BYD dron apparati bilan jihozlangan BYD kompaniyasi Sealion 07 DM modelini namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotiga koʻra, uning 100 km/soatgacha tezlanish vaqti 4,7 soniyani tashkil qiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

BYD Sealion 07 DM versiyasi oʻzining antiqaligi bilan ajralib turadi. U Lingyuan tizimi bilan jihozlangan. Tizim BYD va DJI tomonidan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Dron bitta tugmani bosish orqali salondan uchib, joyiga qaytish mumkin. Qurilma 4K video suratga olish imkoniyatiga ega.

BYD Sealion 07 DM modeli/ Foto: BYD

BYD Sealion 07 DM-i Intelligent Driving Edition korpusining oʻlchamlari 4880 x 1920 x 1750 mm va gʻildirak bazasi 2820 mmni tashkil etadi.

God’s Eye DiPilot 100 tizimi shahar navigatsiyasi, avtomagistrallarda navigatsiya va toʻxtash joyiga yordam berishni qoʻllab-quvvatlaydi. Faqat magistralda faollashtirilishi mumkin boʻlgan 2-darajali haydash yordami bilan solishtirganda, bu tizim koʻproq ssenariylarni qamrab oladi va svetoforlar, toʻsiqlar va shahar sharoitida avtonom tarzda harakatlana oladi.

U 1,5 litrli dvigatel va ikkita elektr motordan iborat plagin gibrid tizimi bilan ishlaydi. Ichki yonuv dvigatelining maksimal quvvati 115 kVt (154 ot kuchi), oldingi dvigatelning maksimal quvvati 200 kVt (268 ot kuchi), orqa dvigatelning maksimal quvvati 150 kVt (201 ot kuchi). 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish vaqti 4,7 soniyani tashkil qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD mart oyi oʻrtalarida 1000V ultra tez zaryadlashni joriy qilishi haqida yozgan edik.