Dilmurod Qosimov Bosh prokuror oʻrinbosari sifatida tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi va tayinlovlar amalga oshirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yig‘ilishda ayrim hudud va tarmoqlarda sust natijalar qayd etilgan bo‘lib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tadbirkorlar va investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Bosh prokuror o‘rinbosari Dilmurod Qosimov tayinlandi.
Shuningdek, kelgusi oylarda ishsizlarni kasbga yo‘naltirish, bahorgi ekin ekish ishlarini jadallashtirish hamda xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi.