
1974-yilda Polshada oʻgʻirlangan Flamand rassomi Piter Bryugelning surati Niderlandiyada topildi. Bu haqda De Telegraaf agentligi xabar bermoqda.
Suratda koʻmir bilan suv va qisqich koʻtarib kelayotgan dehqon ayol tasvirlangan. Oʻgʻirlikdan oldin asar Gdanskdagi Milliy muzeyda namoyish etilgan.

50 yil davomida Kichik Bryugelning ishi abadiy yoʻqolgan deb hisoblangan. Biroq 2024 yilning kuzida detektiv Artur Brand rasm Gollandiyaning Gouda shahridagi muzeyda ekani haqida ma’lumot berdi.
Arxiv va Interpol ma’lumotlarini taqqoslab, Brand Gudadagi rasm Kichik Bryugel tomonidan yaratilgan degan xulosaga kelingan.
Eslatib oʻtamiz, «Kursiv» oʻzbekistonlik strit-art rassomi Shohrux Suyunov haqida maqola e’lon qilgan edi.