Oʻzbekistonda Temu platformasi bloklanadi

O‘zbekistonda Temu platformasining faoliyati 20-martdan cheklanadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati o‘rganilishi jarayonida ayrim platformalar tomonidan elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mualliflik huquqi va unga oid turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya etilmayotgani aniqlangan.
ILMA tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida ushbu platormadan xarid qilmaslikka chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-iyuldan boshlab elektron tijorat operatorlari faoliyatini amalga oshirish uchun xabardor qilish tartibi joriy etiladi va elektron tijorat subyektlari reyestri yuritiladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Temu Oʻzbekistonda bloklanishi mumkinligi haqida yozgan edi.