“O‘ztemiryo‘lkonteyner” Hindistondan Qozogʻistonga birinchi yuk poyezdini joʻnatdi

eʼlon qilindi
Temiryoʻl yoʻnalishinng uzunligi 4,3 ming
Foto: Serjio74b/Depositphotos

«O‘ztemiryo‘lkonteyner» kompaniyasi Hindistondan Qozogʻistonga birinchi konteyner poyezdini joʻnatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Temiryo‘lning umumiy uzunligi 4,3 ming km, dengiz yo‘li orqali esa 1,5 ming kmdan ortiq masofa bosib o‘tiladi. Tovarlarni jo‘natish jarayonida Turkmaniston transport-logistika markazi va «Kedentransservis» AJ ham ishtirok etgan.

Bungacha kompaniya Hindistondan Oʻzbekistonga yuk poyezdlarini joʻnatgan edi.

«O‘ztemiryo‘lkonteyner» kompaniyasi Hindiston — Markaziy Osiyo yoʻnalishi boʻyicha muntazam konteyner joʻnatishlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu eksportyor va importchilar imkoniyatlarini kengaytiradi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Xalqaro yuk tashuvchilar uchun ayrim ruxsatnomalar berish tartibi oʻzgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek