«Odil» chat-bot: davlat xizmatlari bo‘yicha ma’lumot beruvchi Telegram bot ishga tushdi

eʼlon qilindi
Chat-bot sun’iy intellekt bilan integratsiya qilingan
Adliya vazirligining Odil chat-boti ishga tushdi
Foto: Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari bo‘yicha sun’iy intellektga asoslangan «Odil» chat-boti ishga tushirildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Telegram messenjeriga integratsiyalashgan ushbu bot fuqarolarga davlat xizmatlari bo‘yicha ma’lumot olishni osonlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bot’da davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari, talablar va jarayonlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Shuningdek, kerakli hujjatlar va arizalarni topishga yordam beradi hamda qaysi masala bo‘yicha qayerga murojaat qilish kerakligini tushuntiradi.

Bot’ning ishga tushirilishi natijasida «1148» ishonch telefoni operatorlari yuklamasi sezilarli darajada kamayib, foydalanuvchilar so‘rovlariga real vaqt rejimida tezkor javob olish imkoniga ega bo‘ladi. Sinab ko‘rish uchun: @Odil_chat_bot

Ma’lumot uchun, 2024-yilda «1148» ishonch telefoniga 135 mingga yaqin qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shundan 128 mingdan ortig‘iga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Yangi Toshkent» loyihasi bo‘yicha ish izlayotganlar uchun Telegram bot ishga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek