
PhoneBuff ekspertlari Oppo Find N5, Galaxy Z Fold 6 va Pixel 9 Pro Fold buklama smartfonlarini avtonom ishlash bo‘yicha solishtirdi. Natijalar Oppo foydasiga hal bo‘ldi.
Unga ko‘ra, qalinligi atigi 8,9 mm bo‘lgan Find N5 5600 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Taqqoslash uchun, Galaxy Z Fold 6’ning qalinligi 12,1 mm bo‘lib, uning akkumulyatori 4400 mA·soatni tashkil qiladi. Pixel 9 Pro Fold esa 10,5 mm qalinlik va 4650 mA·soat akkumulyator bilan ta’minlangan.
Test natijalariga ko‘ra, Pixel 9 Pro Fold 8 soat 28 daqiqa, Galaxy Z Fold 6 esa 9 soat 2 daqiqa ishladi. Oppo Find N5 esa 12 soat 20 daqiqa davomida ishlashni davom ettirdi. Raqobatchilar quvvatsizlanganda, Find N5’ning hali 20% dan ortiq zaryadi bor edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A26 taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.