
Bratislava shahrida Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov va Slovakiya Savdo-sanoat palatasi raisi Peter Mixok bilan ishbilarmonlar kengashini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ushbu yangi platforma ikki mamlakat tadbirkorlariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, kelishuv natijasida shu yilning aprel oyida Slovakiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirildi. Tashrif doirasida biznes forumi hamda «B2B» uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, Slovakiya Savdo-sanoat palatasi (SCCI) 1992-yilda tashkil topgan bo‘lib, Slovakiyaning yetakchi biznes uyushmalaridan biri bo‘lib, u xalqaro savdo va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston va O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi tuzilishi haqida yozgandi.