Yangiliklar

O‘zbekistonda qurilish maydonlarida havoni ifloslantirganlik uchun jarima joriy etildi

BHMning 50 baravarigacha
O‘zbekistonda qurilish maydonlarida havoni ifloslantirganlik uchun jarima joriy etildi. Foto: kazhdan / depositphotos.com

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

Unga koʻra, oʻlchami 500 kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonlarida, shuningdek, unga tutash hududlar va chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishining oldini olish boʻyicha talablar buzilsa, mansabdor shaxslarga jarima solinadi:

  • Birinchi marotaba huquqbuzarlik sodir etilganda – BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima;
  • Agar shu huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa – BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima.

Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab, 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Toshkent qurilishida ish izlovchilar uchun Telegram bot ishga tushgani haqida xabar bergan edi.