
Qozogʻistonda fuqarolar pasport va shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin. Ichki ishlar vazirligi hamda Raqamli rivojlanish vazirligi ushbu xizmatni yoʻlga qoʻyish ustida ish olib bormoqda.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida muddati tugagan hujjatlarni elektron hukumat portali yoki mobil ilova orqali qayta rasmiylashtirish rejalashtirilgan. Bu jarayon davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilishi ta’kidlandi.
Loyiha 2026-yil 31-martda ishga tushirilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatda joriy 2025-yilda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani markazlarga bormasdan olish ham yoʻlga qoʻyiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda Mastercard va Visa kartalarini chiqarish keskin oshgani haqida xabar bergan edi.