Poytaxtdagi to‘rtta tumanda tabiiy gaz vaqtincha o‘chiriladi

eʼlon qilindi
5-6-mart kunlari
Foto: Pexels.com

Toshkent shahrida joylashgan Yashnobod, Mirobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» ma’lum qildi.

Jumladan, Yashnobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqishini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 5-mart soat 12:00 dan 6-mart soat 08:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Yashnobod tumanida:

– «Obisher» MFY – 16 ta ko‘p qavatli uy va 370 ta yerli xonadon;
– «Assalom sohil» – 20 ta ko‘p qavatli uy;
– «M. Ashrafiy» MFY – 120 ta yerli xonadon;
– Ulgurji iste’molchilar soni: 35 ta.

Mirobod tumanida:

– «Qorasuv» MFY – 38 ta ko‘p qavatli uy;
– «Tong yulduzi» MFY – 14 ta ko‘p qavatli uy va 125 ta yerli xonadon;
– Ulgurji iste’molchilar soni: 25 ta.

Shuningdek, Mirobod tumanidagi «Oltinko‘l», «Furqat» va «Yangi zamon» MFYlarida gaz bosimi pasayishi mumkin.

Bundan tashqari, 5-mart kuni soat 10:30 dan 15:00 gacha quyidagi hududlarda ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Olmazor tumanida:

– «Hastimom» MFY – 135 ta yerli xonadon;
– Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta.

Shayxontohur tumanida:

– «Gulbozor» MFY – 80 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy;
– Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor aprelgacha uzaytirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek