Tramp Kanada va Meksikaga 25 foiz boj joriy qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 4-martdan boshlab, Kanada va Meksikadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foiz boj solishini e’lon qildi.
Shuningdek, Xitoy mahsulotlari uchun ham qoʻshimcha 10 foiz tarif joriy etilishi kutilmoqda. Tramp ushbu chorani migratsiya va narkotiklar oqimini toʻxtatish uchun zarur deb hisoblaydi.
Ekspertlarning fikricha, bu nafaqat AQShning eng yirik savdo hamkorlari bilan munosabatlarni keskinlashtiradi, balki mintaqaviy ta’minot zanjirlarini ham buzib, mahsulotlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin.
Kanada va Meksika rasmiylari Trampni qaroridan qaytarish uchun muzokaralar olib bormoqda, biroq u oʻz pozitsiyasida qat’iy turibdi. Mutaxassislar bu choralar Meksika va Kanadada iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp kriptovalyuta rezervi tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.