
AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi Oval kabinetdagi keskin to‘qnashuv ortidan Vashington Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi.
Mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimi bergan ma’lumotga ko‘ra, Tramp Ukraina yetakchilari mojaroga diplomatik yechim topishga harakat qilmas ekan, AQSh harbiy yordamni vaqtincha to‘xtatishini bildirgan.
Oq uy rasmiylarining aytishicha, administratsiya yordamning haqiqiy natijalarini qayta baholash va uning mojaroni hal etishdagi rolini tahlil qilishga kirishgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Trampning Putindan ko‘ra migrant to‘dalari xavfliroq ekani haqidagi fikrlarini yozgan edi.