Gadjetlar

Xiaomi kompaniyasi global maishiy texnika bozoriga kirishini rasman e’lon qildi

Samsung va LG'ga raqobat ko‘rsatadi
xiaomi muzlatgich
Xiaomi maishiy texnika bozoriga kiradi. / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining global maishiy texnika bozoriga kirishini rasman e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

MWC 2025 ko‘rgazmasida kompaniya konditsionerlar, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari va quritkichlar kabi yirik maishiy texnikalarini joriy yil oxiriga qadar xalqaro bozorlarga olib chiqish rejalari borligini ma’lum qildi.

Bu harakat Xiaomi’ni Samsung va LG kabi yirik brendlar bilan bevosita raqobatga olib chiqadi. Xiaomi smartfonlar bozoridagi tajribasi va raqobatbardosh narx siyosati tufayli bu segmentda ham o‘z o‘rnini tez egallashi mumkin.

Hozircha kompaniya o‘zining maishiy texnikalari dastlab qaysi mamlakatlarda sotuvga chiqarilishini oshkor qilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi magnitli kamera modulini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.