5-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Tuman tushish ehtimoli bor
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab pasttekislik va daryolar yaqinida tuman tushishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Shamol asosan sharqdan esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida kechasi harorat 1-3 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Ustyurt platosida esa kechalari harorat 8-13 daraja sovuqqacha tushishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy viloyatining shimolida esa kechalari harorat 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘lishi mumkin.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 7-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechalari harorat 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari esa 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek