
Apple kompaniyasi Britaniya hukumatining oʻz foydalanuvchilari uchun shifrlashni oʻchirib qoʻyish talabi tufayli sudga murojaat qildi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya hukumati Appleʼdan foydalanuvchi maʼlumotlarini shifrlashni oʻchirib qoʻyish va ularning maʼlumotlariga tezkor kirish uchun sharoit yaratishni talab qilgan. Mart oyi boshida Apple Buyuk Britaniyadagi xavfsizlik xizmatlari ustidan shikoyatlarni koʻrib chiquvchi mustaqil sud organi – Tergov tribunaliga hukumatning harakatlari ustidan shikoyat qilgani maʼlum boʻlmoqda.
Nashr manbalariga koʻra, Amerika IT gigantining shikoyati mart oyida koʻrib chiqiladi. Agar tergov sudi Ichki ishlar vazirligining harakatlarini noqonuniy deb topsa, u buyruqni bekor qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri endi barcha yangi iPhone va iPad kamida 128 GB xotiraga ega boʻlishi haqida yozgan edi.