Endi avtomobil tezligini belgilangan me’yordan 10 km/soatga oshirish mumkin bo‘ladimi

O‘zbekistonda avtomobillardagi mavjud texnik nosozliklar sababli harakat paytida aniqlangan tezlikdan amaldagi 5 km/soat ayirib tashlash amaliyoti 10 km/soatga ko‘tarilishi mumkin. Bu bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov topshiriq bergan.
Ya’ni agar ushbu loyiha amalga oshsa, shahar hududlaridagi haydovchilar jarimaga tortilish xavfisiz soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, tabiat resurslari vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev bu haqda normativ hujjat loyihasi allaqachon tayyorlangani haqida yozgan.
Shu bilan birga, 1-mayga qadar foto va video qayd etish axborot tizimlarini joriy etish, ishga tushirish va foydalanish bo‘yicha yagona davlat standartini ishlab chiqish bo‘yicha ham topshiriq berilishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘tgan yilning 1-sentabrdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirilishi haqida yozgandi.