Avto

BYD va DJI avtomobillar uchun dron tizimini taqdim etdi

To‘plamning narxi $2,2 mingga baholanmoqda
BYD avtomobillarida dron moslamasi
BYD avtomobilga oʻrnatiladigan dron ishlab chiqaradi/ Foto: BYD

BYD va DJI dron ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Ling Yuan avtomobilga oʻrnatilgan dron tizimini chiqardi. Bu haqda Cnewpost nashri xabar bermoqda.

Tizim dronni transport vositasi bilan birlashtirib, unga transport vositasining harakatini va atrofini kuzatish uchun yangi koʻrinish imkoniyatini taqdim etadi. To‘plam narxi $2,2 ming.

To‘plamda dronlar uchun quti, dron va bortda joylashishni aniqlash moduli mavjud. Dron qutisining hajmi 0,29 kv.m, qalinligi esa 21,5 smni tashkil etadi.

BYD avtomobilga oʻrnatiladigan dron ishlab chiqaradi/ Foto: BYD

Tizim dronlarning 25 km/soat tezlikda dinamik uchishi va qoʻnishini ta’minlaydi. Shuningdek, 2 km ichida avtomatik ravishda qaytib kelishini ham qoʻllab-quvvatlaydi. Dron 54 km/soat tezlikda avtomobilni kuzatib bora oladi. Dron batareya quvvati kam boʻlganda avtomatik ravishda qayta zaryadlash uchun qaytib keladi. U 30 daqiqada 20 dan 80% gacha quvvatlanish xususiyatiga ega.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD oʻzining bir nechta modellarida dron uskunalarini joriy qilgani haqida yozgan edi.